14:46 / 01.09.2019
2 349

Ukrainalik bokschi Lomachenko WBC chempionlik kamarini qo‘lga kiritdi

Ukrainalik bokschi Lomachenko WBC chempionlik kamarini qo‘lga kiritdi
Foto: Richard Heathcote/Getty Images
Ukrainalik bokschi Vasiliy Lomachenko yengil vazn toifasida Butunjahon boks kengashi (WBC) talqini bo‘yicha chempionlik kamarini qo‘lga kiritdi.
Bu unvon uchun jangda u britaniyalik Lyuk Kempbellni mag‘lubiyatga uchratdi. Hakamlar g‘alabani ukrainalikka berishgan.

Endilikda Lomachenko hisobida WBC, WBA va WBO kamarlari bor.
Lomachenko-Kempbell jangi Londondagi boks kechasi doirasida o‘tkazilib, uning bosh voqeasi bo‘lgan.

Kecha doirasida, shuningdek, rossiyalik Aleksandr Povetkin britaniyalik Xyui Fyuriga qarshi jang o‘tkazib, og‘ir vaznda WBA International chempionlik kamarini qo‘lga kiritdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ukrainalik bokschi Lomachenko WBC chempionlik kamarini qo‘lga kiritdi