Foto: Yandex Photos
UFC yengil vaznida vaqtinchalik chempion Dastin Pore 7 sentyabr, shanba oqshomida kechadigan bahsda Habib Nurmagomedovni yengishiga ishonmoqda.
«Salohiyatimga ishonaman va qulay imkoniyat tug‘iladigan bo‘lsa, raqibni taslim qiluvchi usulni ishga solaman. Shuningdek, bardoshim yetishiga ham ishonaman, agar men jang paytida charchab qolsam, demak, Habib ham charchagan bo‘ladi.
Arsenalim to‘la, men kikbokschiman, undan tashqari brazilcha jiu-jitsudan qora belbog‘im bor, grepplingdan ham xabardorman. O‘ylashimcha, odamlar buni unutib qo‘ygan.
Men ter va qon to‘kiladigan joyda 25 daqiqani o‘tkazishga tayyorman, shu bilan birga, uning statistikasiga birinchi mag‘lubiyatni yozib qo‘yishni istayman. Man nima sababdan bu jang men uchun juda muhim.
10 hafta mobaynida American Top Team’da kurashim va mushaklarim chidamliligi borasida ishladik.
Men Habib ustidan nokaut yoki uslub ishlatgan holda muddatidan avval g‘alaba qozonishimga ishonyapman», — deydi Pore. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi