18:26 / 09.09.2019
2 860

Maradonaning tanishtiruv marosimiga 25 mingdan ziyod muxlis keldi (foto, video)

Maradonaning tanishtiruv marosimiga 25 mingdan ziyod muxlis keldi (foto, video)
Argentinalik mashhur sobiq futbolchi Diyego Maradona "Ximnastiya La Plata" jamoasi bilan shartnoma imzolaganligi borasida xabar bergan edik.

Uning kecha bo‘lib o‘tgan tanishtiruv marosimini ko‘rish uchun "El Boske" stadioniga 25 mingdan ziyod muxlis tashrif buyurdi. Muxlislar uni futbolka, niqob va hattoki tatuajlar bilan kutib olishdi. Maydonga esa afsonaviy futbolchining katta libosi, "Ximnastiya"ning ramzi bo‘lgan bo‘ri olib chiqildi.

58 yoshli mutaxassis o‘zining otashin nutqi bilan yig‘ilganlarning olqishiga ham sazovor bo‘ldi.

"Men birorta mashg‘ulotni o‘tkazib yubormayman. Kim mashg‘ulotlarda yaxshi ishtirok etmasa, u o‘ynamaydi. Va’da beramanki, shu yerda ekanman mazkur klub barchaga o‘rnak bo‘ladi. Men sehrgar emasman, ammo ishlashni yaxshi ko‘raman", - dedi Maradona.


Mazkur tanishtiruv marosimini quyidagi havola orqali tomosha qilishingiz mumkin: VIDEO-1
VIDEO-2

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Maradonaning tanishtiruv marosimiga 25 mingdan ziyod muxlis keldi (foto, video)