
Qozog‘istonda erkaklar o‘rtasida tennis bo‘yicha mukofot jamg‘armasi 25 000 AQSh dollarini tashkil etuvchi musobaqa davom etmoqda.
Bugun turnir yarim finalida Jo‘rabek Karimov qozog‘istonlik Denis Yevseyevga qarshi o‘yin o‘tkazdi. 2 soat 17 daqiqa davom etgan o‘yinda Jo‘rabek raqibini 5:7, 6:2, 6:4 hisobida mag‘lub etdi va finalga yo‘l oldi.
Endi Jo‘rabek finalda ikkinchi yarim final o‘yini g‘oliblari - Yuriy Rodionov (Avstriya) yoki Beibit Jukayev (Qozog‘iston) o‘yini g‘olibiga qarshi bahs yuritadi.
Qayd etish lozimki, Jo‘rabek ayni paytda jahon reytingida 873, Yevseyev esa 311-o‘rinni egallab turibdi.
Manba: olamsport.com
Qozog‘istonJo‘rabek KarimovTennis MusobaqasiYevseyev O‘yiniFinalga Yo‘lJahon Reytingi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar