12:01 / 14.10.2019
3 191

Singapur bosh murabbiyi: "O‘zbekiston bilan bahsda bir soniyaga to‘xtasak, barchasi tamom..."

Singapur bosh murabbiyi: "O‘zbekiston bilan bahsda bir soniyaga to‘xtasak, barchasi tamom..."
JCh-2022 saralashi doirasidagi Singapur - O‘zbekiston uchrashuvidan oldingi matbuot anjumanida mezbonlar ustozi Tatsuma Yoshida va darvozabon Izvan Mahbud ishtirok etdi.
"O‘yinga tayyormiz. Biz O‘zbekiston terma jamoasiga katta hurmat bilan qaraymiz, ammo harakat qilishda, yangi chaqiruvlarga tayyor bo‘lishimiz kerak. G‘alaba uchun o‘ynashimiz kerak. Bizning buyuk muxlislar bilan birga g‘alaba qozonish uchun barcha ishni qilamiz.

Harakat qilmasak bizda imkoniyatlar bo‘lmaydi. Agar harakat qilsak natijaga erishishimiz mumkin. Yigitlar 100 foiz kuch bilan to‘p tepishlariga ishonaman. Biz ko‘proq oldinda o‘ynashga intilishimiz lozim.

Kuchli jamoalarga qarshi bahslarda futbolchilar o‘yin vaqtida to‘xtamasliklari shart. Agar bir soniyaga o‘ylashdan va harakat qilishdan to‘xtasak barchasi tamom bo‘ladi. Yugurishda davom etishimiz kerak"
, - dedi Tatsuma Yoshida Singapur futbol Assotsiatsiyasi rasmiy saytiga.

Izvan Mahbud: "Murabbiy bizga ishonadi. Biz maydonga tushamiz va uch ochko olish uchun intilamiz".

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Singapur bosh murabbiyi: "O‘zbekiston bilan bahsda bir soniyaga to‘xtasak, barchasi tamom..."