Taniqli sharhlovchi, O‘FA matbuot va media departamenti rahbari Davron Fayziyev Singapurga qarshi bahsdan oldin ushbu uchrashuv haqida saytimizga kichik intervyu berdi.
- O‘zbekiston terma jamoasini qiyin bahs kutib turibdi. Birinchi turdagi mag‘lubiyat sabab endi ochko yo‘qotmaslik kerak. Singapurga qarshi bahs qanday kechadi deb o‘ylayapsiz?
- Birinchi navbatda xohlardimiki, futbolchilar 5:0 hisobidagi g‘alabadan so‘ng xuddi Yamanga qarshi bahs bo‘lmagandek, avvalgi kayfiyat bilan maydonga tushishsin. Chunki Singapur avvallari kuchli jamoa bo‘lmagani sabab futbolchilarni biroz chalg‘itib qo‘yishi mumkin, biroq Vadim Abramovning kuchli jihatini hamma yaxshi biladi. U futbolchilarning ruhiyatiga kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Singapurni autsayderlar qatoriga qo‘shishingiz mumkin, ammo aslida jamoa normal darajada o‘ynayapti. Vadim Abramov yigitlarni ruxan to‘g‘ri yondoshtira olishi kerak.
- Singapur dastlabki ikkita turda 2tadan gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Raqibning o‘yini haqida nima deya olasiz?
- Ularning o‘yinini chuqur tahlil qilib bera olmayman, chunki Singapurning bahslarini muntazam tomosha qilayotganim yo‘q. Buning ustiga bitta-ikkita o‘yindan xulosa chiqarib bo‘lmaydi. Bu avvalgi Singapur emas. Aslida mamlakatning o‘ziga nazar tashlasak, ular maksimal darajada yuqoriga intilishmoqda. Texnologiya, intizom, zamonaviylik... Xuddi shu narsani futbolda ko‘ryapmiz. Yangicha yondashuv, zamonaviy jamoa. To‘g‘ri bu yerda talantlar ko‘p emas, biroq ular yon-atrofdagi iqtidorlarni izlab topib, tarbiyalashmoqda. Hozirgi kunda jamoa zamonaviy va tartibli ko‘rinishga kelgan. Biroq O‘zbekiston daraja jihatdan kuchli va navbatdagi bahsda shu darajani ko‘rsatib berishi kerak.
- O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi terma jamoa uchun charter reys tashkil qildi. Bundan naf bormi?
- Agarda shu charter reys bo‘lmaganda Singapurga 7 soatda emas, taxminan 13-14 soatda yetib kelgan bo‘lardik. Tiklanish va shunga o‘xshash jarayonlar qiyin kechgan bo‘lardi. Charterda esa futbolchilar dam olib, uxlab, erkin kelishmoqda.
- Abramov haqida to‘xtalsak. Uning uslubini tajovuzkor deya olasizmi?
- Tajovuzkormasku... Tajovuzkor deganda ko‘z oldimga "Atletiko" keladi. Umuman bo‘shliq qoldirmaydigan, keskin o‘ynaydigan jamoa. "Siti"? "Shaharliklar"ni faqat hujumda tajovuzkor deyish mumkin, biroq inglizlar va Abramov jamoasi Madrid klubi kabi suyakka-suyak o‘ynamaydi. "Atletiko" pressing va to‘pni egallashda ham juda faol.
- O‘zbekiston terma jamoasi futbolchilari bilan birga Singapurga uchyapsiz. Yigitlarning kayfiyati haqida nima deya olasiz?
- Kayfiyat tushkun emas, biroq xaddan tashqari ishonch ham zararga ishlashi mumkin. Umid qilamanki bu narsa yo‘q. Vadim Abramov bu haqida matbuot anjumanida gapirgan edi. Futbolchilarga ham aytganiga ishonchim komil. Singapur Yamanga nisbatan tartibliroq, buning ustiga tropik iqlimda o‘ynaladi. Bu jamoaga jiddiy tayyorgarlik ko‘rish kerak.
- So‘nggi savol. Samolyotda uchishdan qo‘rqasizmi. Hozirgina kamarni taqib olganingizga shu savolni berishga qaror qildim.
- Shunchaki kamar taqish kerakligini ko‘rsatuvchi chiroq yondi (kulib). Men ham Singapur kabi tartibli bo‘lishga harakat qilyapman, buning ustiga qo‘nish vaqti bo‘ldi. Bu paytda kamarlarni taqish lozim. Umuman olganda samolyotdan umuman qo‘rqmaydigan insonni uchratmaganmanu, qo‘rqish darajam boshqalarnikidan baland emas deya olaman. Xotirjamman.
Manba: championat.asia “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»