
Rossiyalik UFC chempioni Xabib Nurmagomedov ukasi Umar Nurmagomedov bilan birga bo‘lgan sparring fotosuratlarini instagramga joylashtirdi. Xabibning so‘zlariga ko‘ra, u keyingi jangga tayyorgarlik ko‘rmoqda.
“Ukam ham jang qiladi. Umar Nurmagomedov O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadigan GFC 20 turniriga jangga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Men ham kelgusi yilgi janglarga tayorlanmoqdaman ", - deb yozdi Xabib.
Eslatib o‘tamiz: Umar Nurmagomedov 23 noyabr kuni Toshkentda, "Humo" arenasida bo‘lib o‘tadigan GFC 20 turnirining markaziy jangida Nikita Chistyakovga qarshi oktagonga ko‘tariladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar