
Sankt-Peterburgning “Zenit” klubi forvardi Artyom Dzyuba faoliyatini Italiya A Seriyasida davom ettirishi mumkin.
Il Giornale nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 31 yoshli rossiyalik futbolchining xizmatlariga “Inter” qiziqib qolgan. Gap shundaki, “neradzurrilar” murabbiylar shtabi Dzyubani uzoq muddatga safdan chiqqan Aleksis Sanches o‘rniga munosib ko‘rishmoqda.
Ma’lumot uchun, Dzyuba joriy mavsum “Zenit” safida jami 15 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 6 ta gol hamda 7 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar