19:00 / 20.10.2019
2 585

Endi Ruis: Joshuani tasodifan yenganim yo‘q, revanshda buni isbotlayman

Endi Ruis: Joshuani tasodifan yenganim yo‘q, revanshda buni isbotlayman
Foto: Getty Images
Boks bo‘yicha og‘ir vazn toifasida WBA, WBO, IBF, IBO chempioni Endi Ruis revansh bahsida Entoni Joshuani yan bir bor mag‘lub eta olishiga ishonmoqda.

«U hozirda mendan ko‘ra ko‘proq bosim his etmoqda, buni sezib turibman. Revanshda uni yengsam, barcha birinchi g‘alaba tasodif emasligini tushunib yetadi. Asosiy qilishim kerak bo‘lgan narsa — qo‘llarimga erk berish va o‘z uslubimni namoyish qilish. Boks — bu mening hayotim. Bu qo‘limdan keladigan yagona narsa.

Barcha hech nima qila olmasligimni va ilk raundlardayoq Joshuaga yengilishimni taxmin qildi. Biroq iroda va biror buyuk ishni amalga oshirish xohishi meni g‘alaba sari olib bordi. Va men og‘ir vazn toifasida chempionlikni qo‘lga kiritgan ilk meksikalik bo‘ldim», — deydi Ruis.

Eslatib o‘tamiz, Ruis va Joshua o‘rtasidagi revansh jangi 7 dekabr kuni Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tadi. Avvalroq Ruis Nyu-Yorkadagi jangda britaniyalik bokschini yettinchi raundda nokautga uchratgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Endi Ruis: Joshuani tasodifan yenganim yo‘q, revanshda buni isbotlayman