
Butunjahon boks tashkiloti (WBO) oktyabr oyi uchun bokschilarning yangi reytingini e’lon qildi. Bu haqda GoSport.uz internet-nashri xabar bermoqda.
Unga ko‘ra, reytingda yarim o‘rta (-66,68 kg) vazn toifasida ringga chiqayotgan Qudratillo Abduqahhorov (17-0, 9 KO) bu oyda o‘tgan oydagi o‘rnini saqlab qolgan holda 11-o‘rinni band etgan. Ayni vaqtda Qudratillo Abduqahhorov IBF reytingida birinchi, WBC reytingida esa oltinchi o‘rinni egallab turibdi.
Super yengil vazn (-63,5 kg) toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan Shohjahon Ergashev (17-0, 15 KO) ham o‘tgan oydagi kabi 11-o‘rinni band etdi. Shohjahon Ergashev ayni vaqtda WBA reytingida to‘rtinchi, IBF reytingida esa oltinchi o‘rinda bormoqda.
O‘ta yengil (-50,80 kg, 112 fut) vazn toifasida ringga chiqayotgan o‘zbekistonlik Olimjon Nazarov (19-5, 11 KO) ham o‘tgan oydagi kabi 14-o‘rinni band etdi. U ilk marta o‘tgan oyda reytingda paydo bo‘lgandi.
Eslatib o‘tamiz, Olimjon Nazarov avgust oyida filippinlik Ivan Sorianoni (20-3-1, 10 KO) ochkolar hisobida mag‘lubiyatga uchratib, WBO Oriental (mintaqaviy) chempionlik kamari sohibi bo‘lgandi.
Reytingdan o‘zbekistonlik boshqa sportchilar joy olishmagan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar