20:25 / 03.11.2019
2 583

UFC 244 kechasining asosiy jangida Nayt Dias mag‘lubiyatga uchradi

UFC 244 kechasining asosiy jangida Nayt Dias mag‘lubiyatga uchradi
Foto: Twitter/@UFC
Toshkent vaqti bilan 3 noyabr tongida AQShning Nyu York shahrida UFC 244 musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Kechaning asosiy jangida Nayt Dias va Xorxe Masvidal BMF kamari uchun bahs olib bordi. Jang uchinchi va to‘rtinchi raundlar oralig‘ida to‘xtatildi. Shifokorlar Diasni tekshiruvdan o‘tkazdi va unga jangni davom ettirishga ruxsat bermadi. Shu tariqa Masvidal texnik nokaut bilan g‘alabaga erishdi.

Asosiy kardagi boshqa janglar natijasi bilan tanishing:
- Darren Till (18-2-1) Kelvin Gastelumni (15-5) ochkolar hisobi bo‘yicha mag‘lub etdi (27-30, 29-28, 30-27), o‘rta vazn;
- Stiven Tompson (15-4-1) Visente Lyukeni (17-7-1) ochkolar hisobi bo‘yicha mag‘lub etdi (30-26, 30-26, 29-27), yarimo‘rta vazn;
- Derrik Lyuis (22-7) Blagoy Ivanovni (18-3) ochkolar hisobi bo‘yicha mag‘lub etdi (30-27, 28-29, 29-28), og‘ir vazn;
- Kevin Li (18-5) Gregor Gillespini (13-1) birinchi raundda nokautga uchratdi, yengil vazn.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » UFC 244 kechasining asosiy jangida Nayt Dias mag‘lubiyatga uchradi