Boks bo‘yicha sobiq jahon chempioni Ruslan Chagayev Rossiyada murabbiylik faoliyatini davom ettirmoqchi. Bu haqda RIA Novostiga tayanib Sof.uz xabar berdi.
Chagayev rossiyalik bokschi Fotima Dudiyeva bilan mashg‘ulotlarni boshlaydi.
Sankt-Peterburgda 14 noyabr kuni o‘tgan “Nokaut qirollari” turnirida Fotima Dudiyeva polshalik Dorota Norek ustidan g‘alaba qozondi.
“O‘ylaymanki, men murabbiylik faoliyatini davom ettiraman. Bu mening ishim ekanini tushunib yetdim. O‘z tajribamni yosh avlod vakillariga o‘rgatmoqchiman”, dedi Chagayev.
Chagayev Fotima Dudiyevadan tashqari boshqa shogirdlarni ham tarbiyalamoqchi, lekin ularning kimligini aytmagan.
Ruslan Chagayev 2016 yilning oktyabrida professional ringni tark etgan. U professional ringda 38 ta jang o‘tkazib, ulardan 34 tasida g‘alaba qozongan, raqiblarini 21 marta nokaut qilgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi