23:14 / 19.11.2019
2 973

“Dubai Cup-U23”. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda urilgan gol evaziga mag‘lubiyatdan qutulib qoldi

“Dubai Cup-U23”. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda urilgan gol evaziga mag‘lubiyatdan qutulib qoldi
BAAda davom etayotgan “Dubai Cup-U23” xalqaro musobaqasi o‘z nihoyasiga yetdi. Bugun nihoyasiga yetgan o‘yinda O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Saydiya arabistoni olimpiya terma jamoasi bilan 2:2 hisobida durang o‘ynadi. Jamoamiz safida olimpiyachilarimiz sardori Islom Qobilov va Abdulla Abdullayev raqib darvozasini ishg‘ol qilishga muvaffaq bo‘ldi.

O‘zbekiston - Saudiya Arabistoni 2:2
Gollar:
Islom Qobilov (48), Abdulla Abdullayev (90+2) - Saad Ali Alsaluli (5), Sami Halil Al Naji (17).

O‘zbekiston U-23: 1.Abduvohid Ne’matov, 3.Sharof Muhiddinov, 5.Dilshod Saitov, 6.Aziz G‘aniyev, 9.Jasur Yaxshiboyev, 10.Bobir Abdixoliqov, 11.Mirjahon Mirahmadov, 14.Abror Ismoilov, 15.Oybek Rustamov, 19.Ilhom Alijonov, 23.Oybek Bozorov.
Zaxira: 12.Nizomiddin Ziyovutdinov, 2.Islom Qobilov, 4.Abdulla Abdullayev, 8.Nurillo To‘xtasinov, 13.Sherzod Nasrullayev, 16.Aziz Amonov, 17.Islom Rashidxonov, 18.Husniddin Aliqulov, 20.Shahboz Jo‘rabekov, 22.Doston Ibragimov, 24.Asad Sobirjonov, 31.Ibrohim Yo‘ldoshev.

Shu tariqa Olimpiya terma jamoamiz mazkur musobaqadagi ishtirokni yakunladi. Bu Lyubinko Drulovich uchun kelasi yil yanvar oyida Tailandda bo‘lib o‘tadigan Osiyo chempionati oldidan yangi futbolchilarni ko‘zdan kechirish, qator taktik sxemalarni sinovdan o‘tkazish imkoniyatini berdi.

Eslatib o‘tamiz, jamoamiz o‘tkazilgan 4 uchrashuvda 2 durang va 2 mag‘lubiyat qayd etdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Dubai Cup-U23”. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda urilgan gol evaziga mag‘lubiyatdan qutulib qoldi