
"Barselona" jamoasi bosh murabbiyi Ernesto Valverde jamoasining kuchi haqida so‘zlab berdi.
"Hozir mavsumning hal qiluvchi nuqtasi. Yoki, hech bo‘lmaganda, juda ham muhim bir qismi. Jamoa kuchli va biz buni o‘zgarishini xohlamaymiz. Agarda biz yomon o‘yin ko‘rsatganimizda, "Atletiko"ni "Vanda Metropolitano"da mag‘lub qilmagan bo‘lar edik. Ha, ba’zida chiroyli o‘yin ko‘rsatmasdan g‘olib bo‘lasan, lekin Ligani yutgan jamoa hammadan yaxshi o‘ynaydi.
Biz kuchli tanqidlardan so‘ng 2 ta mehmondagi o‘yinda g‘alaba qozondik, biz chempionatning liderlarimiz. Jamoa har doim yaxshi o‘ynashga harakat qilyapti. Bizning asosiy maqsadimiz har doim eng yaxshi futbolni ko‘rsatish. "Barselona" har doim ham yutishi emas, balki o‘ynashga (Yaxshi o‘yinni ko‘rsatish) ham majbur", - deydi Ernesto Valverde. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar