Superligani ikkinchi o’rinda tugatgan "Lokomotiv" yangi mavsumni birmuncha erta boshlaydi.
"Temiryo’lchilar" 21 yanvardan Osiyo chempionlar ligasiga kirishadilar. Shu kuni Toshkentda Tojikiston chempioni "Istiqlol" OChL pley-off bosqichi doirasida mehmon bo’ladi.
Agar "Lokomotiv" 21 yanvar kuni "Istiqlol"ni mag’lub etsa, 28 yanvar kuni safarda Saudiya Arabistonining "Al Ahli" klubiga qarshi ikkinchi pley-off uchrashuvini o’tkazadi. "Al Ahli" mag’lub etilgan taqdirda jamoamiz OChL guruh o’yinlariga yo’llanma oladi. Ko’rib turganingizdek, "Loko" uchun yangi mavsum ancha erta start oladi.
"Temiryo’lchilar" mavsumga tayyorgarlikning dastlabki qismini Yangi yil bayramiga qadar Toshkentda olib borishadi. Shundan so’ng jamoa Dubayga yo’l olib OChL bahslariga tayyorgarlikni davom ettiradi. Dubayda bo’ladigan o’quv-mashg’ulot davomida bir nechta o’rtoqlik uchrashuvi o’tkazish ko’zda tutilgan.
Hozircha "Lokomotiv"ning ikkita raqibi ma'lum. Klub tomonidan yuborilgan taklifga Xitoy va Shotlandiya klublari rozilik bildirishdi. Shulardan biri Xitoy Superligasi vakili "Jiangsu Suning" futbol klubi. Ma'lumot uchun, ushbu jamoa bu yilgi chempionatni 4-o’rinda tugatdi. "Jiangsu" bosh murabbiyi ruminiyalik Kosmin Olariu hisoblanadi. Ikkinchi jamoa esa Shotlandiyaning eng nomdor klublaridan biri "Glazgo Reynjers". Ayni paytda ushbu jamoani "Liverpul"ning sobiq sardori Stiven Jerrard boshqaryapti.
Har ikki xorij klubiga "Lokomotiv" PFK tomonidan yuborilgan taklif ma'qul keldi. "Lokomotiv" "Glazgo Reynjers"ga qarshi 10 yoki 11 yanvar kuni o’rtoqlik uchrashuvi o’tkazadi. "Jiangsu Suning" bilan bo’ladigan o’yin 14 yanvarga belgilangan. Jamoamizning yangi mavsumga tayyorgarlik rejasi haqida to’liq ma'lumot keyinroq klub matbuot xizmati tomonidan beriladi.
Manba: Championat.asia “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi