Foto: AFP/Getty Images
Bugun, 16 dekabr dushanba kuni Chempionlar ligasi 1/8 finaliga qur’a tashlash marosimi o‘tkaziladi. Quyida turnirning qur’a marosimi haqida to‘liq ma’lumotlar bilan tanishing.
O‘tgan haftada yakuniga yetgan Chempionlar ligasi guruh bosqichi tarixida ilk marta 1/8 final bosqichda faqat kuchli beshlik chempionatlar klublari qatnashadi.
Angliya: «Manchester Siti», «Tottenhem», «Liverpul», «Chelsi».
Ispaniya: «Real», «Barselona», «Atletiko», «Valensiya».
Italiya: «Yuventus», «Napoli», «Atalanta».
Germaniya: «Bavariya», «Borussiya» (Dortmund), «Leypsig».
Fransiya: PSJ, «Lion».
Qur’a qachon?
Qur’a marosimi bugun, 16 dekabr kuni Shveysariyaning Non shahrida mahalliy vaqt bilan soat 12:00da, Toshkent vaqti bilan soat 16:00da boshlanadi. Qur’adan avval 1/8 finalga chiqqan jamoalar ikki guruhga (saralangan va saralanmagan) ajratiladi.
Saralangan
«Bavariya» (Germaniya, «B» guruhi)
«Barselona» (Ispaniya, «F» guruhi)
«Valensiya» (Ispaniya, «H» guruhi)
«Liverpul» (Angliya, «E» guruhi)
«Manchester Siti» (Angliya, «C» guruhi)
PSJ (Fransiya, «A» guruhi)
«Leypsig» (Germaniya, «G» guruhi)
«Yuventus» (Italiya, «D» guruhi)
Saralanmagan
«Atalanta» (Italiya, «C» guruhi)
«Atletiko» (Ispaniya, «D» guruhi)
«Borussiya» D (Germaniya, «F» guruhi
«Chelsi» (Angliya, «H» guruhi)
«Lion» (Fransiya, «G» guruhi)
«Napoli» (Italiya, «E» guruhi)
«Real» (Ispaniya, «A» guruhi)
«Tottenhem» (Angliya, «B» guruhi)
Qur’a qoidalari
- Saralangan klublar javob o‘yinida mezbon bo‘lishadi.
- 1/8 finalda bitta mamlakat yoki guruh bosqichida bitta guruhda bo‘lgan klublar o‘zaro to‘qnash kelmaydi.
1/8 final uchrashuvlari qachon bo‘lib o‘tadi?
Nimchorak finalning dastlabki bahslari 18, 19, 25 va 26 fevral kunlari o‘tkaziladi. Javob o‘yinlari esa 10, 11, 17 va 18 martga belgilangan.
Kim raqib bo‘lishi mumkin?
Guruh g‘oliblari:
«Barselona»
Kim raqib bo‘lishi mumkin: «Atalanta», «Lion», «Napoli», «Tottenhem», «Chelsi»
«Bavariya»
Kim raqib bo‘lishi mumkin: «Atalanta», «Atletiko», «Lion», «Napoli», «Real», «Chelsi»
«Yuventus»
Kim raqib bo‘lishi mumkin: «Borussiya», «Lion», «Real», «Tottenhem», «Chelsi»
«RB Leypsig»
Kim raqib bo‘lishi mumkin: «Atalanta», «Atletiko», «Napoli», «Real», «Tottenhem», «Chelsi»
«Liverpul»
Kim raqib bo‘lishi mumkin: «Atalanta», «Atletiko», «Borussiya», «Lion», «Real»
«Manchester Siti»
Kim raqib bo‘lishi mumkin: «Atletiko», «Borussiya», «Lion», «Napoli», «Real»
«PSJ»
Kim raqib bo‘lishi mumkin: «Atalanta», «Atletiko», «Borussiya», «Napoli», «Tottenhem»,
«Valensiya»
Kim raqib bo‘lishi mumkin: «Atalanta», «Borussiya», «Lion», «Napoli», «Tottenhem»
Guruhdagi 2-o‘rinlar
«Atalanta»
Kim raqib bo‘lishi mumkin: «Bavariya», «Barselona», «Valensiya», «Liverpul», «PSJ», «RB Leypsig»
«Atletiko»
Kim raqib bo‘lishi mumkin: «Bavariya», «Liverpul», «Manchester Siti», «PSJ», «RB Leypsig»
«Borussiya»
Kim raqib bo‘lishi mumkin: «Valensiya», «Liverpul», «Manchester Siti», «PSJ», «Yuventus»
«Chelsi»
Kim raqib bo‘lishi mumkin: «Bavariya», «Barselona», «PSJ», «RB Leypsig», «Yuventus»
«Lion»
Kim raqib bo‘lishi mumkin: «Bavariya», «Barselona», «Valensiya», «Liverpul», «Manchester Siti», «Yuventus»
«Napoli»
Kim raqib bo‘lishi mumkin: «Bavariya», «Barselona», «Valensiya», «Manchester Siti», «PSJ», «RB Leypsig»
«Real»
Kim raqib bo‘lishi mumkin: «Bavariya», «Liverpul», «Manchester Siti», «RB Leypsig», «Yuventus»,
«Tottenhem»
Kim raqib bo‘lishi mumkin: «Barselona», «Valensiya», «PSJ», «RB Leypsig», «Yuventus».
Ma’lumot o‘rnida, Chempionlar qur’a tashlash marosimidan keyin, soat 17:30da Yevropa ligasi 1/16 final bosqichiga qur’a tashlash marosimi boshlanadi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Filippinda qurib qolgan suv to‘g‘oni ostida 300 yillik shahar qoldiqlari topildi
Rossiya qo‘shinlari Nigerdagi AQSH bazasiga joylashdi
Toshkent viloyatida 17 ta noqonuniy mayner davlatga 16 milliard so‘m zarar yetkazdi
Binance asoschisi to‘rt oylik qamoq jazosiga hukm qilindi
Abduqodir Husanov va Hojimat Erkinov klubi ixtiyoriga qaytdi
O‘zbekiston Bibixonim masjidini rekonstruksiya qilayotgan Qatarga minnatdorlik bildirdi