23:30 / 17.12.2019
3 631

U-23 Osiyo chempionati startiga 22 kun qoldi

U-23 Osiyo chempionati startiga 22 kun qoldi
Yana 22 kundan so‘ng Tailandda navbatdagi U-23 Osiyo chempionatiga start beriladi.
Mazkur musobaqaning e’tiborli tomoni shundaki, bunda kurash Olimpiada yo‘llanmasi uchun kechadi. 16ta jamoa ishtirok etadigan musobaqa yakunida kuchli uchlikka kirganlar Tokio Olimpiadasi-2020ga yo‘llanma olishadi.

Agar Yaponiya U-23 terma jamoasi kuchli uchtalikda bo‘lsa, unda to‘rtinchi jamoaga ham imtiyoz beriladi. Xabaringiz bor, O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi tayyorgarlikning hal qiluvchi bosqichini o‘tash maqsadida Dubayga yo‘l oldi. Vakillarimiz u yerdan to‘g‘ri Bangkok sari parvoz qilishadi.

Lyubinko Drulovich boshqaruvidagi O‘zbekiston U-23 terma jamoasi guruh o‘yinlarini Eron (9 yanvar), Xitoy (12 yanvar) va Janubiy Koreyaga (15 yanvar) qarshi o‘tkazadi.

8 yanvar kuni start oladigan musobaqaning 1-tur o‘yinlari quyidagicha:

"A" guruhi. 1-tur. 8 yanvar
Iroq - Avstraliya
Tailand - Bahrayn

"B" guruhi. 1-tur. 9 yanvar
Qatar - Suriya
Yaponiya - Saudiya Arabistoni

"C" guruhi. 1-tur. 9 yanvar
O‘zbekiston - Eron
Janubiy Koreya - Xitoy

"D" guruhi. 1-tur. 10 yanvar
Vetnam - BAA
KXDR - Iordaniya

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » U-23 Osiyo chempionati startiga 22 kun qoldi