08:28 / 09.01.2020
3 859

Masharipov: «Transfer narximni eshitib, Braziliyadan legioner olib kelishni ma’qul ko‘rishadi»

Masharipov: «Transfer narximni eshitib, Braziliyadan legioner olib kelishni ma’qul ko‘rishadi»
«Paxtakor» va O‘zbekiston milliy jamoasi yarimhimoyachisi Jaloliddin Masharipov «Sport» telekanalining «Bugun futbol» ko‘rsatuvida mehmon bo‘lib, o‘ziga bo‘layotgan takliflar, «Paxtakor»ning Adeybayorga qiziqishi haqida fikrlarini bildirib o‘tdi.

«To‘g‘risini aytsam, o‘zimga Osiyo klublaridan takliflar bo‘ldi. Ammo men Xitoy yoki Qatarda emas, Yevropada to‘p surishni istardim. Hozircha taklif yo‘q, faqat qiziqishlar bor. Masalan, Rossiya chempionatidan qiziqishlar bo‘ldi, ammo ular transfer narximni eshitib, Braziliyadan legioner olib kelishni ma’qul topishadi. Rossiya klublari safiga tekinga borib qo‘shilsam, imkoniyat berishga tayyor, ammo transfer puli so‘ralganda, undan ko‘ra, Braziliyadan futbolchi olib kelishni lozim topishadi.

Bu yil «Paxtakor» Osiyo chempionlar ligasida chempion bo‘lishni maqsad qilgan. Shu bois, jamoada qolib maqsadga erishish uchun yordam bermoqchiman. Kelajakda esa Angliya yoki Ispaniya chempionatida to‘p surishni istardim.

Adebayorning «Paxtakor»ga kelishi? Bizga ham Adebayor bilan gaplashayotganliklari haqida aytishgandi. Ammo, aniq bir ma’lumot berilgani yo‘q. Agar, Adebayordek futbolchilar chempionatimizga kelsa, foydasi tegadi. U OCHLda ham «Paxtakor»ga katta yordam berishi mumkin.

Eng yaxshi tandem? Shaxsan men uchun maydonda eng yaxshi tandem bu Farrux Sayfiyevdir. U bilan nafaqat maydonda, maydon tashqarisida ham bir-birimizni juda yaxshi tushunamiz. Ayniqsa, qanotlarda tushunib to‘p suramiz. Akrom Komilov haqida ham yaxshi fikrdaman, u bilan ham maydonda bir-birimizni yaxshi tushunib harakat qilamiz» - deydi Jaloliddin Masharipov telekanaldagi suhbati davomida.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Masharipov: «Transfer narximni eshitib, Braziliyadan legioner olib kelishni ma’qul ko‘rishadi»