
Foto: Getty Images
UFC’ning ikki vazndagi sobiq chempioni Konor Makgregor 2018 oktabrida Habib Nurmagomedov bilan bo‘lgan jangdan 50 million dollar ishlab olgani haqida ma’lum qildi.
Makgregorning so‘zlariga ko‘ra, 19 yanvar kuni Donald Serronega qarshi o‘tadigan jangdan u 80 million dollar ishlab topadi. Bu esa Konorning faoliyatidagi eng katta gonorar hisoblanadi. Qayd etish joiz, bu mablag‘ni hisoblashda jang uchun beriladigan 5 million dollardan tashqari pulli translyatsiyalardan tushadigan ulush ham hisoblangan.
Irlandiyalik sportchi Ariel Helvaniga bergan intervyusida 35 yoshga to‘lganida milliarderga aylanishi haqida ham aytib o‘tgan.
Eslatib o‘tamiz, Makgregor—Serrone jangi 19 yanvar tongida Las-Vegasda bo‘lib o‘tadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar