16:57 / 23.01.2020
2 828

"Kengurular" ustingizdan "sakrab" ketishlariga yo‘l qo‘ymang"

"Kengurular" ustingizdan "sakrab" ketishlariga yo‘l qo‘ymang"
25 yanvar kuni O‘zbekiston U-23 va Avstraliya U-23 o‘rtasidagi o‘yin bo‘lib o‘tadi.
Kecha ko‘pchilik Boburni tanqid qildi. O‘zimni ham jahlim chiqdi birinchi vaziyatdagi no‘noq harakatiga. Lekin o‘yin tugaganidan keyin bildim-ki, bola "temperatura" bilan to‘p tepgan. Issig‘i bilan nam havoda yugurgan. Bu juda qiyin.

Yaqinda bir fikr aytgandim. 11 nafar bola bilan musobaqaga tayyorlangan murabbiy, biron futbolchi jarohat olib qolsa nima qilardi? Nima qilishini ko‘rdik. Demak, o‘sha futbolchini tushiraverar ekan, jarohati bo‘ladimi yo‘qmi.

Indinga nasib yutamiz! O‘yin yaxshi (futbolchilarni o‘zini o‘yini). Faqat shu uchrashuvga butun boringiz, tashvishingizni unutib, tarix uchun 90 daqiqaga bor kuchingizni jamlasangiz bo‘lgani!

Jasur, kecha yig‘lab yubording. Avstraliya bilan o‘yinda ham yig‘la, faqat quvonch ko‘z yoshlari bo‘lsin, u! Buning uchun iltimos, o‘zing uchun emas, jamoa uchun o‘ynab ber. Bu sening qo‘lingdan keladi. Qancha chig‘iriqdan o‘tding.

Oybek, bu natija emas. 3ta o‘yindagi qahramonliging bir pul bo‘ladi, agar Avstraliyani yuta olmasak. Yuta olamiz, buni jamoa a’zolari bilan amallay olasan. Aziz, hali seni ko‘rmadik! Qani chempionatdagi G‘aniyev? Bir o‘yin orqali o‘zingni shunday ko‘rsatgin, butun xalk ko‘rsin. Ota-onang gerdayib yursin, bu mening o‘g‘lim deb. "Buzvor" ertaga Avstraliya darvozasini!

Islom va Xojiakbar! Sizlarga ko‘p gapirib o‘tirish shart emas. Shunchaki ertaga "kengurular" ustingizdan sakrab ketishlariga yo‘l qo‘ymang, bo‘ldi!

Bu avvallari Angliyada porlagan Avstraliya o‘yinchilari emas. Sizdan hech qanday farqi yo‘q, ishoning!
Maydonga tushamiz, g‘alaba qozonamiz, yurtga qaytamiz!

Nodirxo‘ja Yuldashev

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Kengurular" ustingizdan "sakrab" ketishlariga yo‘l qo‘ymang"