21:00 / 28.01.2020
3 302

Murodjon Ahmadaliyev: "Hozircha bu faoliyatimdagi eng muhim jang"

Murodjon Ahmadaliyev: "Hozircha bu faoliyatimdagi eng muhim jang"
Xabaringiz bor, 30 yanvar (Toshkentda 31 yanvar tongi) professional bokschimiz Murodjon Ahmadaliyev ikki yo‘nalish chempionligi uchun amerikalik Daniyel Romanga qarshi jang qiladi. Kecha Ahmadaliyev mazkur jang oldidan Mayamida Daniyel Roman bilan yuzma-yuz keldi.

"Bu tarixiy damlar. Sakkizinchi jangdayoq ikki vazn toifasida chempion bo‘lgan o‘zbekistonlik birinchi bokschi bo‘lish - katta tarixiy muvaffaqiyatdir. Men mamlakatimni tanitmoqchiman. Boks - O‘zbekistonda birinchi raqamli sport turi, Xudoning qo‘llashi bilan barchasi yaxshi bo‘ladi.

Bu reallikka aylanayotgan orzudir. Men 17 yil davomda ushbu cho‘qqiga keldim, kuniga ikki martadan mashg‘ulotlar o‘tkazardim. Judayam ko‘p jarohat oldim, barcha qurbonliklar mana shunday janglar uchun edi. Bilaman, ko‘pchilik menda tajriba yetmayapti, Denni meni nokaut qiladi yoki shunga o‘xshash holat bo‘ladi deb o‘ylamoqda. Lekin ishoning, men buning uchun hayotimning 17 yilini bag‘ishladim, jang kuni xech narsa o‘zgarmaydi.

Hozircha bu faoliyatimdagi eng muhim jang. Men ikki yo‘nalish chempionligi uchun jang qilaman. Bu oldinga tashlangan katta qadamdir. Biz murabbiylarim Antonio va Joel Dias bilan ushbu jangga juda yaxshi tayyorgarlik ko‘rdik.

Bungacha yettita jang o‘tkazdim, ularning xech qaysisida raqibim meni g‘alabadan mahrum qila olishi mumkinligini his qilmadim. Men ushbu jangni oldingilari bilan taqqoslayotganim yo‘q, saviyani tushunib turibman va qiyin jang bo‘lishini bilaman.

Uning tajribali ekanligi haqida gapiraverishsin. Biz ringda to‘qnash kelganimizda kim kuchli, tajribali, tezkor va aqlli ekanligimiz aniq bo‘ladi. Men ko‘p gapirishni yoqtirmayman. Men jang qilishni yaxshi ko‘raman va ushbu bahsni sabrsizlik bilan kutmoqdaman", - dedi Ahmadaliyev.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Murodjon Ahmadaliyev: "Hozircha bu faoliyatimdagi eng muhim jang"