
O‘FA O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Lyubinko Drulovich bilan hamkorlikni davom ettirmaydigan bo‘ldi.
"O‘FA bilan tuzgan shartnomam ertaga rasman yakuniga yetadi. Biz hamkorlikni davom ettirmaydigan bo‘ldik", - deydi mutaxassis.
Ta’kidlash kerakki, ayni paytda O‘FAda U-23 Osiyo Chempionati yakuniga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tmoqda.
Eslatib o‘tamiz, serbiyalik murabbiy OTJni o‘tgan yili qabul qilib olgandi. Drulovich qo‘l ostida olimpiyachilarimiz U-23 Osiyo chempionatida to‘rtinchi o‘rinni egallagan holda, Olimpiada yo‘llanmasini qo‘lga kirita olmagan edi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar