
Professional boksning ikkinchi yarim yengil vazn (-55,34 kg) toifasida ringga chiqayotgan o‘zbekistonlik (7-0, 6 KO) Murodjon Ahmadaliyev Toshkent vaqti bilan 31 yanvar kuni AQSHning Mayami shahrida o‘zining navbatdagi jangini o‘tkazdi.
Murodjon mazkur jangda WBA va IBF kamarlari sohibi Daniel Romanga (27-2-1, 10 KO) qarshi ringga ko‘tarildi. Jang chempionlik kamalari uchun kechgan 12 raundlik jang to‘liq davom etdi.

Hakamlar qaroriga ko‘ra, o‘zbekistonlik bokschi Murodjon Ahmadaliyev g‘olib deb topildi. Ikkita hakam Ahmadaliyev foydasiga 115:113 hisobini qayd etgan bo‘lsa, yana biri 113:115 hisobida Roman foydasiga qaror chiqardi.

Shu tariqa Murodjon professional boksda Jahon chempioni maqomini qo‘lga kiritdi va O‘zbekiston tarixida ilk marta bir yo‘la ikkita kamarga ega chiqdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar