Superligaga qur’a tashlanganidan so‘ng hammada turlicha fikrlar yuzaga keldi. Kimdir uchun bu qur’a kutilmagan o‘yinlarni tuhfa etgan bo‘lsa, yana qaysidir jamoa uchun taqvim qulay keldi.
Hususan, Olmaliqning AGMK klubi dastlabki turda o‘z maydonida “Metallurg”ni qabul qiladi. Bu borada jamoada faoliyat yuritayotgan mutaxassis Igor Shkvirin fikrlarini bildirib o‘tdi.
“Ilk turdayoq Toshkent viloyati derbisi. Menimcha, bu normal holat. Mirjalol Qosimov bosh murabbiyligidagi jamoa mazkur bahsga ajoyib tayyorgarlik ko‘rishadi va ko‘tarinki, kayfiyatda maydonga chiqishadi deb o‘ylayman. Umuman olganda kim bilan o‘ynashimizni unchalik ahamiyati ham yo‘q edi. Mavsum boshidagi to‘rt, beshta tur omadsiz o‘tishiga tabiiy qarayman. Chunki, barcha jamoalar bir xil holatda bo‘ladi. Chempionatni uyda boshlashimiz esa bizga bir muncha ustunlik berishi mumkin. Biroq, bizga buning ahamiyati yo‘q”, - dedi murabbiy. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...