"Yuventus" bosh murabbiyi Mauritsio Sarri klubning "Barselona" forvardi Lionel Messiga qiziqishi haqida gapirdi.
"Siz menga Messi haqida savol berayapsiz, "Barselona" bilan shartnomasi bor bo‘lgan ekstra-klassdagi o‘yinchi haqida. Hozir mening istalgan javobim to‘g‘ri kelmaydi, agar men "Barselona" rahbarlaridan biri bo‘lganimda shunday derdim: "Jin ursin, bu Sarriga yana nima kerak?" Shu bois yaxshisi javob bermayman", - dedi Sarri "Milan"ga qarshi o‘yin oldidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida.
Oldinroq, "Yuventus", "Manchester Yunayted", "Inter", PSJ va "Manchester Siti" argentinalik forvardni xarid qilishga qiziqayotgani haqida ma’lumotlar paydo bo‘lgandi. Shuningdek, OAV vakillari Messining to‘rt yillik shartnomasi italiyaliklarga 350-365 mln yevroga tushishi mumkinligini hisoblab chiqishgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Hindiston BMTni isloh qilishga chaqirdi
Tramp Eron tomonidan o‘lim tahdidi haqida ogohlantirildi
Yaqin Sharq katta urush ostonasidami?
Stoltenberg: “Rossiya NATOni qo‘rqitishga harakat qilmoqda”
Lukashenko NATO davlatlariga yadroviy zarba berishga tayyorligini ma’lum qildi
Hindistonda 50 dan ortiq dori-darmonlar sifatida muammo aniqlandi
Dunyodagi eng baxtli shaharlar reytingi e’lon qilindi
Zelenskiyning AQSHga tashrifi: Tramp «Ukraina endi yo‘qligi»ni aytdi