06:00 / 23.02.2020
3 375

O‘zbekiston - Belarus o‘yini jonli translyatsiya qilinishi kutilmoqda

O‘zbekiston - Belarus o‘yini jonli translyatsiya qilinishi kutilmoqda
Foto : O‘FA matbuot xizmati
Ertaga, 23 fevral kuni BAAda yig‘in o‘tkazayotgan O‘zbekiston milliy jamoasi Belarusga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushadi. Aynan shu o‘yinni o‘tkazgach Vadim Abramov jamoasi O‘zbekistonga qaytib keladi.

Ma’lum bo‘lishicha, bu o‘yin «Sport» telekanali orqali jonli translyatsiya qilinishi kutilmoqda. O‘yin Toshkent vaqti bilan 18:00da Sharjadagi «Al Hamriya» stadionida boshlanadi.

Ma’lumot uchun, Belarus milliy jamoasi ayni damda FIFA reytingida 87-o‘rinda bormoqda. O‘zbekiston esa 85-pog‘onaga joylashgan. O‘zbekiston 2020 yildagi ilk rasmiy o‘yinini 31 mart kuni Bahraynda Yamanga qarshi o‘tkazadi. Guruhdagi qolgan jamoalar 26 martda o‘zaro o‘ynaydi va shu kuni O‘zbekiston Toshkentda Armanistonga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekiston - Belarus o‘yini jonli translyatsiya qilinishi kutilmoqda