
Bugun bo‘lib o‘tgan "Paxtakor" va "Metallurg" jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvda mezbonlar yirik hisobdagi g‘alabani tantana qildi.
Bellashuvda ustunlik to‘liq "sherlar" tomonida bo‘ldi. Jamoa yetakchisi Jaloliddin Masharipov doimgidek faol harakatlari bilan ajralib turdi. Bahsdan so‘ng mahoratli futbolchining fikrlariga quloq tutdik.
"O‘yin oson bo‘lmasligini bilgandik. Turnir jadvalida birinchi o‘ringa ko‘tarilib olishimiz lozim edi. Raqibning xatolaridan foydalandik va ikkinchi bo‘limda hisobni yiriklashtirdik. Chiroyli o‘yin namoyish etdik, shunga yarasha g‘alaba qozondik. O‘tgan yilgi "Metallurg"ga qaraganda bu yilgisi kuchliroq deb o‘ylayman. Zahiradan maydonga tushgan Murod Bobojonov ajoyib gol urdi, qaysidir ma’noda raqib o‘yinini kuchaytirdi. Ularning himoyasi, bizning esa hujum chizig‘imiz kuchli ", - dedi Masharipov. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar