Lukas Silva: "Kruzeyro" meni "Real"ga sotdi, bu unga kerak edi"

"Real"ning yangi yarimhimoyachisi Lukas Silva o‘zining ispan grandi safiga o‘tishini sharhlab berdi va tez orada maydonga tushishini ma’lum qildi.
"Real"ga o‘tishim bir necha bosqichga bo‘lindi. Ammo men buni "Kruzeyro"ga kerak bo‘lgani uchun sodir bo‘ldi, deb hisoblayman. Men o‘zim "Real"ga o‘tishga ham, "Kruzeyro"da qolishga ham tayyor edim. Qarorni men qabul qilmadim. Oxiri "Real" safida paydo bo‘ldim Bundan juda xursandman.
Mavsum oralig‘idagi tayyorgarlikni "Kruzeyro"da o‘tadim. Iqlimga moslashish ishlarimdan so‘ng maydonga chiqishga tayyor bo‘laman. Qarorni murabbiylar shtabi qabul qiladi", - deydi Silva.
Eslatib o‘tamiz, Silva uchun "Real" "Kruzeyro" 14 million evro to‘laydi.
Manba: stadion.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing