12:00 / 16.04.2020
2 047

«JCH—2022 mezbonligini AQSH yoki Yaponiyaga berish mumkin» — FIFA sobiq prezidenti

«JCH—2022 mezbonligini AQSH yoki Yaponiyaga berish mumkin» — FIFA sobiq prezidenti
Foto: Getty Images
FIFA sobiq prezidenti Yozef Blatter futbol bo‘yicha 2022 yilgi Jahon Chempionatini Qatarning o‘rniga qabul qilishi mumkin bo‘lgan mamlakatlarni sanab o‘tdi.

«AQSH 2026 yilgi musobaqa bilan birga bu chempionatni ham o‘tkaza oladi. Ular bunga qodir, bu raketa yasash emas. Yaponiya ham musobaqani qabul qilishi mumkin. Ular JCH—2022 mezbonligiga da’vogar bo‘lgandi.

Baxtga qarshi 2022 yilgi Jahon Chempionatida 32 ta jamoa ishtirok etadi, FIFA prezidenti Janni Infanttino xohlagandek 48 ta emas. Tashkilotchilik JCH—2018 dagidan yuqori bo‘lmaydi
», — deydi Blatter.

Avvalroq AQSH yustitsiya vazirligi FIFAni Rossiya va Qatarni mezbon sifatida tanlashda korrupsiyaga yo‘l qo‘yganlikda ayblagandi.
2022 yilgi Jahon Chempionati 21 noyabrdan 18 dekabrga qadar Qatarda bo‘lib o‘tadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «JCH—2022 mezbonligini AQSH yoki Yaponiyaga berish mumkin» — FIFA sobiq prezidenti