20:30 / 18.04.2020
3 752

Ziko: «O‘zbekistonda butun umrga yetadigan pulni yig‘ishim mumkin edi»

Ziko: «O‘zbekistonda butun umrga yetadigan pulni yig‘ishim mumkin edi»
«Oq Pele» nomi bilan mashhur braziliyalik afsonaviy sobiq futbolchi va murabbiy 67 yoshli Ziko Rossiyaning Championat.com nashriga intervyu berib, SSKAni boshqarishdan avvalgi O‘zbekistondagi faoliyatini esladi. 2008 yilda «Bunyodkor» klubi bosh murabbiyi bo‘lib ishlagan Ziko klubni tark etish juda qiyin bo‘lganligini aytib o‘tdi.

– 10 yil oldin SSKAni boshqargan edingiz. Hammasi qanday boshlangani yodingizdami?
– O‘zbekistonda faoliyat olib borgan davrda qishki ta’tilga chiqqanimda Braziliyaga borgandim. O‘shanda Moskva klubida jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha murabbiy sifatida ishlayotgan tanishim Paulu Payshau qo‘ng‘iroq qilib, SSKA klubi prezidenti men bilan gaplashmoqchi ekanligini aytgandi.

– Darhol kelishganmidingiz?
– Tezda. Menga SSKAni boshqarishni taklif qilishdi va darrov qabul qildim. SSKA taniqli jamoa bo‘lgani uchun taklif borasida ikkilanganim ham yo‘q. Faqat bir jihat - «Bunyodkor»dan ketish qiyin bo‘lgandi. Juda qiyin. O‘zbekistonda futbol infrastrukturasi yaxshi bo‘lmasa-da, u yerda futbol rivoji uchun juda katta hajmdagi ishlar qilinayotgandi. Biroq menga Chempionlar ligasi va Yevropa ligasi darajasida ishlash imkoniyati bo‘lganligi uchun u yerdan ketgandim. Men uchun pul emas, ish saviyasi muhim edi.

– SSKAda kamroq ishlab toparmidingiz?
– Xuddi shunday. Men O‘zbekistonda qolib, butun umrimga yetadigan mablag‘ni yig‘ishim mumkin edi. Biroq menga futbol darajasi muhimroq bo‘ldi. Shunga qaramay, O‘zbekistondagi to‘rt oy davomida biz mamlakat chempionligi va kubogini yutib, Osiyo Chempionlar ligasida Avstraliya klubiga qarshi o‘yinda hakam tufayli finalga chiqa olmagandik, - deya eslaydi braziliyalik mashhur sobiq murabbiy.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ziko: «O‘zbekistonda butun umrga yetadigan pulni yig‘ishim mumkin edi»