Rossiyaning soccer.ru sayti mamlakat premer-ligasi klublarining eng muhim legionerlarini aniqlagan edi.
Rossiyalik mutaxassislarning fikricha, premer-liga to‘purarlari bahsida g‘oliblik uchun kurashayotgan o‘zbek hujumchisi Eldor Shomurodov “Rostov”ning bugungi kundagi yetakchi futbolchisi sifatida e’tirof etilgan.
Rossiya chempionatidagi ikkinchi vakilimiz Oston O‘runov to‘p surayotgan “Ufa” klubida esa, yetakchi legioner sifatida 2017 yildan buyon ushbu jamoa sharafini himoya qilayotgan moldovalik Ketelin Karp qayd etilgan.
Biroq Oston O‘runov “Ufa” jamoasining yangi yetakchisi bo‘lishga da’vogar. Chunki “Ufa”ga qo‘shilganidan keyin uchta o‘yinni yuqori saviyada o‘tkazgan o‘zbek yigiti mart oyining eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi. Oston ishonchli o‘yin ko‘rsatgan uchrashuvlarda “Zenit” va SSKA kabi Rossiya chempionati grandlari o‘z maydonida ufaliklarni yengolmadi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi
Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi?
O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi
Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti
AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi
U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi