Turkiya matbuoti xabarlariga ko‘ra, "Paxtakor" futbolchisi Jaloliddin Masharipovning "Trabzonspor"ga transfer ishlari davom ettirilmoqda.
Ayni damda Yevropa chempionlar ligasida o‘ynashga tayyorgarlik ko‘rayotgan klubning oldidagi maqsadlari yuqori, deb yozadi "61saat.com". Shota Arveladze jamoasining asosiy tayanchi bo‘lib turgan 26 yoshli futbolchimiz "Trabzonspor"da yoshi o‘tib borayotgan Nvakayemening o‘rnini egallashi kutilmoqda.
"Yevropada o‘ynashni istayman, biroq..."
Masharipovning o‘yin uslubi Nvakayemenikiga o‘xshab ketadi: "Shota Arveladze bu yerda qanday faoliyat olib borganini yaxshi bilaman, u ham borini bergan. Biroq menga hali ham aniq taklif bilan chiqishmadi. Faqatgina mish-mishlarni eshityapman, ammo klubdagilar transfer haqida hech nima deyishmadi. Yevropaga ketishni istayman. Lekin buning uchun qaysidir klub menga taklif bilan chiqishi kerak".
Erenga vaqt kerak
"Qosimposho", "Galatasaroy" va "Goztepe" klublaridagi faoliyatidan keyin Eren Toshkentga yo‘l oldi. U haqida Masharipov shunday deydi: "Erenning faoliyati ajoyib! U tarkibimizga shu yilda keldi. Bizning madaniyatimiz va klubimizga moslashish uchun ko‘p vaqt talab qilinadi. Uning o‘yin sifati har tomonlama chiroyli".
Shota Arveladzening o‘yin uslubi haqida
So‘nggi yillarda "Paxtakor"dagi katta o‘sishda Shota Arveladzening xizmatlari yuqori: "Undan juda ham minnatdorman. U o‘z futbolchilariga ishonch bildiradi va biror futbolchisini tashlab qo‘ymaydi. Unga biz ham qattiq ishonamiz va shu sababli g‘alabalarda o‘z hissamizni qo‘shyapmiz. U murabbiy, u doim biz uchun qayg‘uradi". “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Istanbuldagi 1 may namoyishlarida 140 dan ortiq kishi hibsga olindi
Abbosbek Fayzullayev ham Osiyo kubogi finalida o‘ynamaydi
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi?
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Ukraina Qrimga ATACMS raketalari bilan hujum qildi
Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi