20:53 / 07.06.2020
3 630

Rossiya klubi Jasur Jaloliddinovni 900 ming yevroga sotib olmoqchi

Rossiya klubi Jasur Jaloliddinovni 900 ming yevroga sotib olmoqchi
Moskvaning "Lokomotiv" klubi o‘zbekistonlik futbolchi, "Bunyodkor" hamda O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Jasur Jaloliddinovni sotib olmoqchi. Bu jamoa hamyurtimizga juda katta qiziqish bildirmoqda.

Ushbu transfer 900 ming yevroga baholanmoqda. Futbolchining agenti mashhur futbol funksioneri Yuriy Belous hisoblanadi. So‘nggi kunlarda ko‘plab rus saytlari Belous "Lokomotiv" klubi sport direktori bo‘lishi haqida yozishmoqda.

Yuriy Belous Futbol Market kompaniyasi direktori lavozimida ishlab keladi. Shuningdek, ma’lum vaqt "Rostov" klubi bosh direktori, "Lokomotiv" klubida vitse-prezident hamda "Moskva" va "Torpedo" jamoalarida rahbarlik qilgan. Ayni damda esa futbol agenti sifatida faoliyat ko‘rsatmoqda. Belous o‘zbek futboliga begona emas. U Vadim Abramov bilan yaxshi munosabatda. Agent 2019 yil noyabr oyida Toshkentga tashrif buyurgan va O‘zbekiston - Qirg‘iziston uchrashuvini stadiondan kuzatgan edi.

Eslatib o‘tamiz, Jasur Jaloliddinov may oyida 18 yoshga to‘ldi. U o‘tgan yil so‘nggida Italiyaning Filippo Indzagi boshchiligidagi "Benevento" klubi mashg‘ulotlarida qatnashib qaytgan edi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Rossiya klubi Jasur Jaloliddinovni 900 ming yevroga sotib olmoqchi