22:30 / 13.06.2020
1 749

Ashurmatov: “Bunyodkor” o‘z o‘yini bilan bizning taktikamizni o‘zgartirishga majbur qildi

Ashurmatov: “Bunyodkor” o‘z o‘yini bilan bizning taktikamizni o‘zgartirishga majbur qildi
Bugun qayta start olgan futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 4-turidan o‘rin ilk o‘yin “Bunyodkor” – “Qo‘qon-1912” jamoalari o‘rtasidagi bahsdan so‘ng dastlab mehmonlar murabbiyi Baxtiyor Ashurmatov matbuot anjumaniga tashrif buyurdi. Dastlab murabbiy uchrashuv taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.

“Ochig‘i, 3 oy davomida futbol o‘ynamadik. “Navbahor” bilan o‘rtoqlikdan keyin jamoamiz holati yaxshi deb o‘ylovdim. Lekin rasmiy o‘yin baribir boshqacha ekanini ko‘rsatib berdi. “Bunyodkor” to‘p nazorati bo‘yicha kuchli ekanini isbotladi va amalda haqli g‘alabaga erishdi”, – dedi Baxtiyor Ashurmatov.

– Raqibni yaxshi o‘rganganingiz ko‘rinib turdi. Lekin g‘alaba uchun hujumga o‘tishga cho‘chishgandek tuyuldi.
– Balki, asosiy tarkib tanlashda adashgandirman. Qator chiziqlarda teng kuchli o‘yinchilar bor. Ammo shu tarkibda to‘xtaldik. Mezbonlar chuqur himoyalanishga majbur qildi va bu amalda o‘z natijasini ko‘rsatdi. Bugungi o‘yinga munosib tayyorgrlik ko‘rgandik. Hamma rejamizni amalga oshira olmadik. Fikrimcha, yigitlarimiz ham kamida durang uchun mehnat qilishgan edi.

– O‘yinni 4 himoyachi bilan boshlab, keyinchalik 3 markaziy himoyachini ko‘rdik.
– Boshida 4-4-2 taktikasiga to‘xtalgan edik. Biroq o‘yin davomida raqibning qanotlaridagi hujumlar 5 ta himoyachiga o‘tishga majbur bo‘ldik. Bu degani “Bunyodkor” o‘z o‘yini bilan bizning taktikamizni o‘zgartirishga majbur qildi.

– Bambaning zaxiradan tushishi haqida
– Uni “Navbahor” bilan o‘yinda sinab ko‘rdik. Uning yaxshi va aniq pas bera oladigan qobiliyati bor. O‘z rejamga ko‘ra asosiy tarkibga uni tanlamadim. Keyinchalik o‘yinni kuchaytirish uchun zaxiradan tushdi. Bugun to‘psiz o‘ynash natijasida ko‘p jismoniy kuch sarfladik. Meni hayron qoldirgan narsa uyda va mehmonda boshqa jamoalarni ko‘ryapmiz. Negadir uydagi o‘yinni ko‘rsata olmayapmiz. Kuchli jamoa bo‘lishni istasak, shu ustida ishlashimiz kerak.

– Karantindan keyingi ilk o‘yin uchun jismoniy holat haqida qanday fikrdasiz?
– Umuman olganda, bundan yaxshiroq o‘yin kutgan edik. Balki bu rasmiy o‘yin bo‘lgani uchundir. Bu jihatdan 100 foiz o‘yinga tayyor bo‘lmaganimiz ko‘rinib turdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ashurmatov: “Bunyodkor” o‘z o‘yini bilan bizning taktikamizni o‘zgartirishga majbur qildi