Xabaringiz bor, joriy yilning oktabr oyida mamlakatimiz U19 Osiyo chempionatiga mezbonlik qiladi.
Mazkur musobaqada Timur Kapadze boschiligidagi U19 O‘zbekiston terma jamoasi ham ishtirok etadi.
Hozirda ushbu terma jamoamiz vakillari yuzaga kelgan qisqa tanaffusdan so‘ng ikkinchi tayyorgarlik yig‘inini o‘tkazmoqda. TTYMI stadionida bo‘lib o‘tgan bugungi mashg‘ulot jarayonini O‘FA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov ham kuzatib bordi.
Ravshan Ermatov futbolchilarning jismoniy holati, kayfiyati va mavjud sharoitlar bilan yaqindan tanishdi. Shuningdek, O‘FA birinchi vitse-prezidenti o‘zining jahon futbolidagi tajriba va ko‘nikmalarini yosh futbolchilar bilan o‘rtoqlashdi.
Ularga bo‘lajak Osiyo chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok yetib, Jahon chempionati yo‘llanmasi hamda chempionlikni qo‘lga kiritishda omad tiladi.
Eslatib o‘tamiz, U19 O‘zbekiston terma jamoasi Osiyo chempionati guruh bosqichi doirasida Eron, Indoneziya va Kambodja vakillariga qarshi maydonga tushadi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)