23:54 / 25.06.2020
2 033

Andrey Fyodorov: "Iste’fo? Bu haqidagi gaplarga o‘rganib qolganman"

Andrey Fyodorov: "Iste’fo? Bu haqidagi gaplarga o‘rganib qolganman"
Derbidagi mag‘lubiyatdan keyin "Lokomotiv" bosh murabbiyi Andrey Fyodorov matbuot anjumanining birinchi qismida ishtirok etdi va jurnalistlar savollariga javob qaytardi.
- Agarda o‘yinni umumiy tavsiflaydigan bo‘lsak, dastlabki 15 daqiqada "Bunyodkor" katta ustunlikka ega bo‘ldi. Jamoam bugun yakkakurashlarda mag‘lub bo‘ldi va shu sababdan o‘yinda g‘alabaga erisha olmadi. O‘z yarim maydonimizda ko‘plab qo‘pol xatolarga yo‘l qo‘ydik. Juda og‘ir mag‘lubiyat bo‘ldi. Taktika, paslar yoki boshqalar haqida gapirish qiyin bo‘lmoqda. O‘yinni kuchaytirishga qiynalyapmiz. Ketma-ket oltinga teng ochkolarni yo‘qotyapmiz. Bu esa mavsum yakunida katta ta’sir o‘tkazishi mumkin.

- Futbolchilarda xuddi ishtiyoq yo‘qdek ko‘rinmoqda. "Lokomotiv"da moliyaviy muammolar bormi?
- Moliyaviy muammolar yo‘q. Ketma-ket uchinchi o‘yinda ham biz tezkor gol o‘tkazib yuboryapmiz va shundan keyin o‘yinda uzilishlar paydo bo‘lyapti. "Lokomotiv" bir gol o‘tkazib yuborib, taslim bo‘ladigan jamoa emas. Bu borada ko‘p ishlaymiz va navbatdagi o‘yinlarda bunday bo‘lmasligi uchun harakat qilamiz.

- "Lokomotiv" ketma-ket uchinchi marta mag‘lub bo‘ldi. O‘yindan oldin sizning iste’foingiz haqida ma’lumotlar chiqqandi. Bunga nima deb izoh bera olasiz?
- Bu boradagi gaplarga o‘rganib qolganman. Hozircha menga bu haqida rahbariyatdan hech qanday gaplar bo‘lgani yo‘q.

- Jamoa hujumchilari Marat Bikmayev va Abdul Aziz Yusupov haqida nima deya olasiz? Ular jarohatidan qachon davolanishadi?
- Kutyapmiz. Yusupovning jarohati kutilganidan jiddiyroq bo‘lib chiqdi. Maratni esa kutyapmiz. Dushanba kuni u boradagi so‘nggi ma’lumot bo‘ladi. Hozircha u individual tarzda mashg‘ulot o‘tkazyapti.

- Oybek Qilichev 90 daqiqa o‘ynashga tayyormi?
- Hozircha u 90 daqiqa o‘ynashga tayyor emas. U jamoamizga kechroq kelib qo‘shildi. Tarkibda kira olmayotganlar hozirda 80 foizga ham tayyor emas.

Manba: championat.asia

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Andrey Fyodorov: "Iste’fo? Bu haqidagi gaplarga o‘rganib qolganman"