Qozog‘istonlik sportchi oltin medalni krossovkasi sabab qo‘ldan chiqardi

Qozog‘istonlik sportchi Yasmina Toksanbayeva Yaponiyaning Ayti va Nagoya shaharlarida o‘tkazilayotgan Osiyo o‘yinlarida marafonni birinchi bo‘lib yakunladi. Biroq musobaqadan keyin o‘tkazilgan tekshiruvda uning krossovkasi belgilangan talablarga mos emasligi aniqlandi.
Ma’lum bo‘lishicha, sportchining krossovkasi tagligi ruxsat etilgan 40 millimetrlik me’yordan 3,5 millimetrga qalinroq bo‘lgan. Shu sababli Toksanbayevaning natijasi bekor qilinib, u oltin medaldan mahrum etilgan.
Qizig‘i, Qozog‘iston yengil atletika federatsiyasi ma’lumotiga ko‘ra, sportchi startdan oldin krossovkasini tekshirtirgan. O‘shanda unga mazkur poyabzal bilan musobaqada ishtirok etishga ruxsat berilgan.
Shu tariqa, marafonni birinchi bo‘lib yakunlagan sportchining natijasi finishdan keyingi tekshiruv sabab bekor qilingan.































Izohlar 0
…