Ronaldu jamoadan ketgani sababli Portugaliya jamoa sahifasi bir kunda 8,8 million obunachidan ayrildi

Portugaliya terma jamoasining Instagramdagi rasmiy sahifasi Krishtianu Ronaldu atrofidagi vaziyat ortidan bir kun ichida millionlab obunachisini yo‘qotdi.
Avval jamoaning rasmiy sahifasiga 32,4 million kishi obuna bo‘lgan. Keyinchalik bu ko‘rsatkich 23,6 millionga tushgan. Shu tariqa, sahifa bir sutkada qariyb 8,8 million obunachidan ayrilgan.
Ommaviy ravishda obunadan chiqish Ronaldu va jamoa bosh murabbiyi Jorje Jezus atrofidagi vaziyat fonida yuz bergan. Bu esa Portugaliya terma jamoasiga bo‘lgan e’tiborni yanada oshirgan.
Natijada futbolchi atrofidagi vaziyat nafaqat sport kun tartibida, balki terma jamoaning ijtimoiy tarmoqlardagi auditoriyasida ham sezilarli o‘zgarishlarga sabab bo‘lgan.































Izohlar 0
…