Manas shahrida "Daydi va tilanchi" nomli reyd yordamida bir tilanchilar to‘dasi ushlandi

Manas shahrida "Daydi va tilanchi" nomli reyd yordamida bir tilanchilar to‘dasi ushlandi

1 oktyabr kuni Manas shahri hokimligi shahar ichki ishlar bo‘limi bilan hamkorlikda hududda "Daydi va tilanchi" nomli reyd tadbirini o‘tkazdi.

Tadbir shahar hokimining topshirig‘i asosida jamoat tartibini saqlash, tilanchilik bilan shug‘ullanayotgan fuqarolarni aniqlash hamda bunday holatlarning oldini olish maqsadida tashkil etildi.

Reyd davomida ichki ishlar organlari xodimlari tilanchilik bilan shug‘ullanayotgan fuqarolarni aniqladi. Ularning yashash manzillari tekshirilib, tushuntirish ishlarini olib borish uchun shahar ichki ishlar bo‘limiga olib borildi.

Aniqlangan holatlar bo‘yicha tegishli bayonnomalar rasmiylashtirildi. Fuqarolarga nisbatan qonunchilik doirasida ma’muriy choralar ko‘rilib, jarimalar qo‘llanildi.

Manas shahrida jamoat tartibini saqlash va fuqarolar xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan reyd va profilaktik tadbirlar davom ettiriladi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar