«Chelsi» - «Manchester Siti» (2:1) o‘yinidan keyin «Liverpul» Angliya Premer-ligasi joriy mavsumi yakuniga ko‘ra, 1-o‘rinni naqd qildi.
«Liverpul» klubi oradan 30 yil o‘tib, Angliya chempionligini qo‘lga kiritdi. «Qizillar» tomonidan erishilgan so‘nggi g‘oliblik bundan 30 yil avval – Angliya milliy chempionati hali Premer-liga nomini olmagan 1990 yilda ro‘y bergandi.
«Liverpul» joriy yilgi mavsumdagi sovrin bilan 19 karra Angliya chempioniga aylandi. Yurgen Klopp jamoasi bu borada Premer-ligada faqatgina bitta klub - «Manchester Yunayted»dan ortda qolmoqda. «Qizil iblislar» hisobida 20 karra Angliya chempionligi mavjud.
Ma’lumot uchun, liverpulliklar Yurgen Klopp jamoaga kelgan 2015 yilgi mavsumdan so‘ng 4ta turnirda zafar quchishdi: Chempionlar ligasi-2018/19, UYEFA Superkubogi-2019, klublar o‘rtasidagi JCH-2019 va Premer-liga-2019/20 mavsum g‘olibligidir. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi
NATO rahbari: “Ukrainaga bergan va’damizni bajarmadik”
O‘zbekistonda uy-joy va avtomobillar oldi-sotdisi naqd pulsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin
Ukraina Qurolli kuchlari qo‘mondonlari g‘alabaga ishonishni to‘xtatishdi
Fon der Lyayen Putinning «ishonli odamlari» bilan hamkorlikni istisno etdi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi
U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin