
"Energetik-BGU" bosh murabbiyi Vladimir Belyayevskiy "Slaviya"ga qarshi bahsdan keyin Jasur Yaxshiboyevning transferi borasida gapirdi.
Oldinroq "Belarus 5" telekanali jurnalistlari yarim himoyachiga Minskning "Dinamo" hamda BATE klublari tomonidan qiziqishlar borligini aytgandi. Bosh murabbiy ushbu holatga izoh berib o‘tdi.
"Shkurin bilan bog‘liq vaziyat yodingizdami? O‘shanda uning transfer ishi tezda bitib ketgandi. Hozirda transfer bozoridagi darajalar xar xil. Kimdir istasa, xohlagan futbolchisini olib ketmoqda. Ammo bizga kimdir kelib, "Futbolchini bering, men olaman", deb taklif bilan chiqqani yo‘q. Undan tashqari, Jasur bizning futbolchimiz emas, u ijarada o‘ynamoqda", - dedi Belyayevskiy. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar