“Real” joriy mavsumda sovrinsiz qolsa, Anchelotti ishdan bo‘shatib yuborilishi mumkin

“Florentino Peres unvonlarga juda o‘ch bo‘lgani tufayli, Anchelottining Madrid uchun anchadan beri kutilayotgan “Desima”ni (“Real”ning o‘ninchi bor Chempionlar ligasi g‘olibi bo‘lgani nazarda tutilmoqda) qo‘lga kiritishga asosiy sababchi bo‘lganini unutib yuborgan ko‘rinadi”, deyiladi El Chiringuito nashrida.
Ispaniya primerosining 24-turida “Real” o‘zining asosiy raqiblaridan biri “Atletiko”ga yirik hisobda yutqazib qo‘ydi. Undan oldinroq Anchelotti jamoasi “matraschilar”ga Ispaniya Kubogida ham imkoniyatni boy bergan edi.
“Peres juda bamaylixotir ko‘rinadi. Men hech qachon uni bunday vaziyatda bunday vazmin holda ko‘rmaganman. Lekin men shuni bilamanki, agar Anchelotti bu mavsumda birorta ham unvonni qo‘lga kirita olmasa, unda Peres uni shak-shubhasiz bo‘shatib yuboradi” deydi El Chiringuito nashri jurnalisti Eduardo Indu.
Ma’lumot uchun, “Real” Ispaniya primerosida birinchi o‘rinda ketmoqda, biroq Ispaniya Kubogini tark etdi hamda Ispaniya Superkubogida “Atletiko”ga imkoniyatni boy berib, ikkita turnirni tark etib bo‘ldi. Jamoa Chempionlar ligasining nimchorak bosqichiga chiqqan va bu bosqichda “Shalke 04” jamoasi bilan 18 fevraldan 19 fevralga o‘tar kechasi 00:45 da pley-offning ilk uchrashuvini o‘tkazadi.
Manba: www.kun.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing