10:26 / 19.07.2020
2 235

Obameyangning dubli "Arsenal"ni kubok finaliga olib chiqdi (video)

Obameyangning dubli "Arsenal"ni kubok finaliga olib chiqdi (video)
Foto: «Arsenal»
Futbol bo‘yicha Angliya Kubogining yarim finalida «Arsenal» va «Manchester Siti» jamoalari 18 iyul, shanba kuni o‘zaro bahs olib bordi.
Uchrashuvning 19-daqiqasida Per-Emerik Obameyang londonliklarni hisobda oldinga olib chiqdi. Ikkinchi bo‘limni «shaharliklar» faol boshladi va mezbonlar darvozasi oldida bir qator xavfli vaziyatlarni sodir etdi, biroq ularning hech biri samara bermadi.

71-daqiqada Obameyang darvozabonning oyoqlari orasidan to‘pni o‘tkazib, ikkinchi golini ham urdi. Qolgan vaqtda hisob o‘zgarmadi.
Shu tariqa ushbu g‘alabadan keyin Mikel Arteta shogirdlari musobaqa finaliga yo‘l oldi. «Arsenal» hal qiluvchi bahsda «Manchester Yunayted» — «Chelsi» uchrashuvi g‘olibi bilan kuch sinashadi.

Angliya Kubogi
Yarim final bahsi
«Arsenal» — «Manchester Siti» 2:0
Gollar:
1:0 – 19 Obameyang, 2:0 – 71 Obameyang.
«Arsenal»:Martines, Belerin, Mustafi (Holding, 87), David Luiz, Meytlend-Naylz, Sebalos (Kolashinas, 88), Jaka, Pepe (Uillok, 72), Tirni, Lyakazett (Torreyra, 78), Obameyang.
«Manchester Siti»: Ederson, Lyaport, Uoker, Mendi, Erik Garsiya, Gundo‘g‘an (Rodri Ernandes, 66), Silva (Fernandino, 87), Mahrez (Foden, 66), de Bryuyne, Sterling, Gabriel Jezus.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Obameyangning dubli "Arsenal"ni kubok finaliga olib chiqdi (video)