3 334
Dmitriy Selyuk: "Jaloliddinov uchun beriladigan 1 millionni ikki kishi bo‘lishib olgan shekilli"
Mashhur futbol agenti Dmitriy Selyuk Jasur Jaloliddinovning Moskvaning "Lokomotiv" klubiga o‘tishi haqida o‘z fikrini bildirdi.
- "Kiknadzening ("Lokomotiv" bosh direktori) navbatdagi xatosi. Belous uni ahmoq qildi. 1,7 metr bo‘yli, ozg‘ingina, kurashlarga asoslangan ligada hech qachon o‘ynay olmaydi. U (Jasur Jaloliddinov) Yaqin Sharq yoki Osiyoga borishi kerak. Iltimos Belousning tarafkashlari uni Messi bilan taqqoslamang. Hech kimni xafa qilmoqchi emasman, lekin "Paxtakor" - "Bunyodkor" (5:0) uchrashuvini tomosha qilsangiz, kuchliroq raqibga qarshi bahsda bu mo‘’jizakor futbolchi umuman ko‘rinmaganini tushunish mumkin. Uning uchun 1 million to‘lashga tayyorlar. Menimcha, Kiknadze va Belous pulni bo‘lishib olishgan", - deb yozadi Dmitriy Selyuk tvitterdagi o‘z sahifasida.
Ma’lumot uchun, Selyuk ko‘plab ukrainalik futbolchilarning agenti. Uning eng mashhur mijozi Yaya Ture bo‘lgandi. Selyuk anchadan buyon Kiknadze bilan yaxshi munosabatda emas. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Rossiya qo‘shinlari Ukraina sharqidagi ikkita aholi punktini to‘liq egalladi
Qozog‘istonlik milliarder Angliya klubini sotib oldi
Kutilmagan natijalarga boy Dushanbe “Katta Dubulg‘a” turniri yakuniga yetdi
Yaponiyada tish o‘stiruvchi dunyodagi birinchi dori sinovdan o‘tkaziladi