13:03 / 22.07.2020
2 819

Bugun Shomurodov – Dzyuba dueli. Eldor so‘nggi o‘yinda gol ura oladimi?

Bugun Shomurodov – Dzyuba dueli. Eldor so‘nggi o‘yinda gol ura oladimi?
Rossiya premer ligasining so‘nggi – 30 tur uchrashuvida “Rostov” o‘z maydonida muddatidan oldin chempionlik unvonini qo‘lga kiritgan “Zenit”ni qabul qiladi.

Ushbu uchrashuvga qiziqish juda katta. Bunga o‘ziga yarasha bir necha sabablar bor. Xususan, “Rostov” qariyb olti yildan beri o‘z maydonida piterliklarga yutqazmay kelmoqda. Qolaversa, rostovliklar birinchi davradagi dahshatli – 1:6 hisobidagi mag‘lubiyat alamini olishga bel bog‘lagan.

Chempionat jamoaning hozirgi tarkibida ilgari “Rostov”da o‘ynagan to‘rt futbolchi bor. Bular himoyachi Igor Smolnikov, yarim himoyachi Aleksandr Yeroxin va hujumchilar – Artyom Dzyuba bilan Sardor Azmun.

Shuningdek, biz uchun eng qizig‘i jamoalar to‘purarlari o‘rtasidagi duel. “Rostov”ning asosiy hujumchisi Eldor Shomurodov yarim yildan beri gol urolmayapti. “Zenit” vakillari Dzyuba va Azmunning o‘yini karantindan keyin yanada ochilib ketdi. Shunday bo‘lsa-da, “Rostov” muxlislari Eldor Shomurodov chempion darvozasini ishg‘ol qilishi uchun qo‘shimcha motivatsiyalar yetarli, degan umidda o‘zbek hujumchisidan bugun gol kutmoqda.

Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 21:00 da boshlanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Bugun Shomurodov – Dzyuba dueli. Eldor so‘nggi o‘yinda gol ura oladimi?