
«Spartak» «Ufa»ning o‘zbekistonlik 19 yoshli yarim himoyachisi Oston O‘runovni sotib olmoqchi.
Sport24 sayti jurnalisti Maksim Allanazarovga ko‘ra, Moskva klubi «Ufa»ga dastlab 2 million yevro to‘laydi. Agar futbolchi «Spartak»da ikki yil o‘ynasa, «Ufa» yana 2 million yevro oladi.
Manbaga ko‘ra yana bir variant mavjud: «Ufa» O‘runov uchun 2 million yevro oladi va keyingi transferning yarim puliga ega bo‘ladi.
Oldinroq «Spartak» O‘runovni sotib olishga yaqin ekanligi, tomonlar shaxsiy shartnoma borasida muzokara olib borishayotgani va yaqin orada transfer rasman e’lon qilinishi haqida xabar chiqqandi.
O‘runov Toshkentning «Lokomotiv» klubidan shu yilning fevral oyida «Ufa»ga ko‘chib o‘tgandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar