17:08 / 23.07.2020
3 555

«Rostov» Eldor Shomurodovni sotishga qaror qildi

«Rostov» Eldor Shomurodovni sotishga qaror qildi
Foto: Twitter
«Rostov» jamoasida katta o‘zgarishlar bo‘ladi, deb yozmoqda «Sport-Ekspress» jurnalisti Vyacheslav Korotkin.
Ta’kidlanishicha, klub rivojlanish siyosatiga o‘zgarish kiritadi. «Rostov» maoshlarni kamaytiradi va o‘z yetakchilarini transferga qo‘yadi. Klub Rostov viloyatidan katta moliyaviy yordam kutmayapti.

Jurnalistning aytishicha, klub birinchi o‘rinda o‘zbekistonlik hujumchi Eldor Shomurodov va yarim himoyachi Matias Normanni sotishga urinadi. Jamoa bu ikki nafar futbolchining transferidan katta pul ishlab olmoqchi.

Qayd etilishicha, «Rostov»ni istalgan futbolchi tark etishi mumkin.

Biroq «Rostov» bosh murabbiyi Valeriy Karpin, investor va prezident Artashes Arutyunyans, shuningdek sport direktori Aleksey Riskinning klubni tark etishi mumkinligi haqida avvalroq chiqqan xabarlar inkor etilgan. Ular klubda qoladi.

«Rostov» RPL 2019/20 yilgi mavsumida 5-o‘rinni qo‘lga kiritdi va Yevropa Ligasi saralash bosqichida o‘ynash huquqiga ega bo‘ldi.
Avvalroq «Rostov» O‘zbekiston terma jamoasi hujumchisini 5 million taklif qilgan Belgiyaning «Gent» klubiga sotmagan edi.

Shomurodov Rossiya chempionati joriy mavsumida 28 o‘yin o‘tkazib, 11 gol va 7 ta golli uzatma muallifiga aylandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Rostov» Eldor Shomurodovni sotishga qaror qildi