
O‘zbekistonlik yarim himoyachi Oston O‘runov yangi jamoasi «Spartak»da qancha maosh olishi xabar qilindi.
Sport24’ning «RB-Sport»ga tayanib bergan xabarida aytilishicha, 19 yoshli futbolchi moskvaliklar klubida yiliga 600 ming yevro (taxminan 7 milliard 138 million so‘m) maosh oladi.
Avvalroq O‘runov 2 million yevro evaziga «Spartak» klubiga yo‘l olishi xabar qilingandi. Biroq «Ufa» vakillari rasmiy taklif kelib tushmagani va muzokaralar davom etayotganini ma’lum qildi.
Sport24 portalining veriyasiga ko‘ra, Ostonda koronavirus aniqlangan. Futbolchi sog‘ayishi bilan kelishuv rasmiylashtiriladi.
«Ufa» Oston O‘runovni 2020 yilning fevral oyida o‘z safiga qo‘shib olgan. O‘runov Rossiya Premer Ligasida 10 o‘yinda maydonga tushib, 2 ta sariq kartochka oldi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar