Futbol eksperti Timur Gurskaya “Spartak”ning 19 yoshli Oston O‘runovni transfer qilayotganiga keskin fikr bildirdi.
- O‘runov taklif qilinayotgan pozitsiya uchun “Spartak”ga hech kim kerak emas. Ularda hujumkor yarim himoyachi pozitsiyasida o‘ynay oladigan Kral, Til va Zobnin kabi futbolchilar bor. Boshqa amplualar esa kuchaytirilishga muhtoj.
Ular O‘runovni nega olishayotganini tushunmadim. Buni Gazizovdan so‘rash kerak. Tushunarsiz holat.
Hujumkor futbolchi sifatida O‘runovga aniq pas yetishmaydi, tayanch yarim himoyachisi desak, himoyaviy harakatlari va to‘pni olib qo‘yish koeffitsenti yuqori emas. Nega uni olishayotganini tushunarsiz, - dedi Gurskaya.
Garchi, Timur Gurskaya “Spartak”dagi o‘zgarishlarni tanqid qilayotgan bo‘lsa-da, aksariyat mutaxassislar Oston O‘runov tezligi, kurashuvchanligi, driblingi, jismoniy ustunligi va kreativ o‘yin uslubi orqali “Spartak”ni kuchaytirishiga ishonmoqda. Buyog‘ini esa, vaqt ko‘rsatadi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Global Janub kimniki?
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi