
“Spartak” bosh direktori Shamil Gazizov 19 yoshli Oston O‘runovning jamoaga kelishi hali hal bo‘lmaganini tan oldi.
- Bilishimcha, “Ufa”da Oston O‘runov bo‘yicha 5-6 million yevrolik takliflar bor. Albatta, bu Rossiya premer-ligasidan tashqaridagi klubdan. Oston hali “Spartak”ga o‘tgani yo‘q, - dedi Shamil Gazizov.
Joriy mavsum Rossiya chempionatida 10 ta uchrashuvni yuqori saviyada o‘tkazgan futbolchimiz qator klublarning transfer nishoniga aylangan. Shunday bo‘lsa-da, ko‘pchilik Oston O‘runovni Rossiya chempionatiga taklif qilgan Shamil Gazizov uni “Spartak”ga ham olib ketishiga ishonayotgan edi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar